G‘usl va badanni tozalash

Assalomu alaykum! Masalan dushga (xammomga) cho‘milishga kiramiz. Endi xam cho‘milish (bosh yuvish) kerak, xam g‘usl qilish kerak. Avval g‘usl qilib keyin aloxida shampun sovun bilan cho‘milamiz(bosh yuvamiz)mi yoki avval shampun bilan cho‘milib (bosh yuvib) keyin g‘usl qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Og‘iz va burunni suv bilan chayish va badanning barcha qismiga suv etkazish bilan g‘usl ado topadi. A’zolarni fiqh kitoblarida ko‘rsatilgan ketma-ketlikda yuvish esa g‘uslning sunnatidir. Bu orada shampun va sovun ishlatish g‘uslga xalal bermaydi. Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 05:42 | Savol-javoblar | 190 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar