Ehromda tikilgan ich kiyim kiyish
Assalomu alaykum! Shu erdagi savol javoblarda "ehromga kirilganda erkaklar ich kiyim bilan ado etilgan bo‘lsa kafforat vojib bo‘lib, kafforatiga qo‘y yoki echki so‘yilishi haqida o‘qidim. Va oila a’zolarimga shu haqda aytsam uncha ishonishmayapti ya’ni bunga yuzaki qarashmoqda. (Menimcha ular ham shunaqa kiyishmoqchi) Ularga: Shu saytdan o‘qidim, "zikr ahlidan so‘rang sayti" ishonchli manbaa desam ham, hozirgi kunda har hil boshqa saytlar ko‘payib, har xil to‘g‘ri, noto‘g‘ri, asossiz hadis va manbaalar ko‘payib ketgani bois uncha ishonqirashmayapti. Shu yili Xudo xoxlasa Haj safariga ketishadi, shunday xatolarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun asosan shu ehromdagi ich kiyimini kiymaslik uchun yaxshilab tushuntirish berishim kerak, lekin qanday tushintrishni bilmayapman. Shunga yordam bersangiz. Qilgan Haj amallari noqis bo‘lib qolishidan hovotirdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkaklar ehromga kirgach tikilgan kiyim kiyishlari mutlaqo joiz emas. o‘sha tikilgan kiyimlar ichiga erkaklarning ichki kiyim ham kiradi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi. Tikilgan narsa, salla va xushbo‘y narsa ila bo‘yalgan kiyim kiyish. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ: أَنَّ رَجُلًا قَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، مَا يَلْبَسُ الْمُحْرِمُ مِنَ الثِّيَابِ؟ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا يَلْبَسُ الْقُمُصَ، وَلَا الْعَمَائِمَ، وَلَا السَّرَاوِيلَاتِ، وَلَا الْبَرَانِسَ، وَلَا الْخِفَافَ إِلَّا أَحَدٌ لَا يَجِدُ نَعْلَيْنِ، فَلْيَلْبَسْ خُفَّيْنِ، وَلْيَقْطَعْهُمَا أَسْفَلَ مِنْ الْكَعْبَيْنِ، وَلَا تَلْبَسُوا مِنَ الثِّيَابِ شَيْئًا مَسَّهُ الزَّعْفَرَانُ أَوْ وَرْسٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi:
«Ey Allohning Rasuli! Ehromdagi kishi qaysi kiyimlarni kiyadi?» dedi.
«Ko‘ylaklar, sallalar, shalvorlar, kulohlar, maxsilarni kiymaydi. Illo, birov kiygani shippak topmasa, maxsi kiyib, oshig‘idan pastidan kesib olsin. Za’faron va vars tekkan kiyimlarni kiymanglar», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Umuman olganda, erkak kishi ehromga kirganda tikilgan narsa kiyishi mutlaqo mumkin emas.
Za’faron – sariq rangli o‘simlik bo‘lib, u ko‘proq xushbo‘y narsa sifatida kiyimlarga surtilgan. «Vars» ham Yamanda o‘sadigan sarg‘ish qizil o‘simlik bo‘lib, xushbo‘y narsa sifatida ishlatilgan. Haj va umra qiluvchi shaxs ehrom kiyimiga bu ikki narsani surtishi mumkin emas.
Ehromdagi erkak kishining oyoqlarining oshig‘i va ust qismi ochiq bo‘lishi lozim. Shuning uchun shippagi yo‘q odam maxsi kiyishga majbur bo‘lsa, uning oshig‘idan ustini kesib tashlashi tayinlanmoqda. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 185 | Haj va umra