Abu Hanifa vafotidan avval
Assalomu alaykum! Abu hanifa vafotlaridan avval betobliklari tufayli paypoqlariga mash tortganlari va men umrimda qilmagan ishimni qildim deganliklari haqida biror ma’lumot bormi? Va Abu hanifa Rohimahulloh paypoqqa mash tortish mumkun emas deganlari ammo shogirdlarining paypoq qalin bo‘lsa mash tortsa bo‘ladi degan gaplarini rad etmaganliklari to‘g‘risida ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tarjimani o‘qib olgan ko‘rinasiz, paypoq borasida ixtilof qilinmagan. Ixtilof javrob*ga mash tortish borasida bo‘lgan.Javrobga mash tortish uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:1). Javrob qalin bo‘lsa va osti teridan qilingan bo‘lsa, unga mash tortish Abu Hanifa, Abu Yusuf va Imom Muhammad rohimahumullohlarning nazdida bil-ittifoq joiz;2). Javrob qalin bo‘lmasa va osti teridan qilinmagan bo‘lmasa, unga mash tortish bil-ittifoq nojoiz;3). Javrob qalin bo‘lsa va osti teridan qilinmagan bo‘lsa, unga mash tortish Abu Hanifa rohmatullohi alayhining nazdida joiz emas*. Abu Yusuf va Imom Muhammad rohimahumallohning nazdida joiz.* Javrobning ta’rifi va unga mash tortish hukmi borasida to‘liq ma’lumot olish uchun quyidagi linkdagi maqolaga murojaat qiling:https://fiqh.uz/maqola/371 * Abu Hanifa rohmatullohi alayhidan qilingan rivoyatga ko‘ra, umrlarining so‘ngida ikki shogirdlarining so‘ziga qaytganlar. Ya’ni, kasallik paytlarida javroblariga mash tortib, u kishini ko‘rgani kelganlarga “Insonlarni undan man’ qilgan narsamni qildim”, deganlar. Shu so‘zlari bilan u zot avvalgi fikrlaridan qaytganlariga (ulamolar) dalil olishgan. (Badoe’us sanoe’). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar