Namoz vaqti jonliq so‘yish

Assalomu alaykum! Nomoz vaqti bo‘lib qolganda jonliq so‘yish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hayt kuni hayt namozidan oldin so‘yilgan jonliq qurbonlikka o‘tmaydi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ ذَبَحَ قَبْلَ الصَّلَاةِ فَلْيُعِدْ». فَقَامَ رَجُلٌ فَقَالَ: هَذَا يَوْمٌ يُشْتَهَى فِيهِ اللَّحْمُ. وَذَكَرَ مِنْ جِيرَانِهِ فَكَأَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَدَّقَهُ، قَالَ: وَعِنْدِي جَذَعَةٌ أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ شَاتَيْ لَحْمٍ، فَرَخَّصَ لَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَا أَدْرِي أَبَلَغَتِ الرُّخْصَةُ مَنْ سِوَاهُ أَمْ لَا Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim namozdan oldin qurbonlik so‘ygan bo‘lsa, boshqatdan (qurbonlik) qilsin», dedilar. Bir kishi turdi-da: «Bugun go‘sht eyiladigan kun...» deb, so‘ng qo‘shnilari (faqir ekani) haqida gapirgan edi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam buni tasdiqlagandek bo‘ldilar. U: «Menda bir jaza’a* bor. U men uchun ikkita bo‘rdoqi qo‘ydan ham yaxshi», dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga ruxsat berdilar. Bu ruxsat undan boshqasiga ham o‘tadimi-yo‘qmi, bilmayman».

* Jaza’a – Abu Hanifa rahmatullohi alayhining aytishlaricha, olti oylik qo‘y-echki. Bu voqeada jaza’a deganda bir yoshlik uloq nazarda tutilgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 11:44 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar