Exromdagi tavof
Assalomu alaykum! Biz Alloh nasib etib, umra safariga tijorat yuli bilan bordik. Makkaga etib, Haramga kirib boshlovchimiz aytgandek ibodatlarni boshladik. U bizga exrom bilan Ka’bani, Xajarul asvadni istilom qilmaslikni aytdi. Nega deb so‘rasak, xozir zamonda unga atir sepiladi, exromdagi odamga mumkin emas, qurbonlik vojib bo‘lib qoladi deb aytdi. Men o‘qigan kitoblarimda unday so‘zlarni ko‘rmaganim uchun ikkilanib qoldim. Balki yangi fatvolardanmikin deb. Hurmatli ustozlar, sizlardan shu masalaga oydinlik kiritib berishlaringizni iltimos qilaman. Toki boshqa birodarlarimiz xam ikkilanishmay aniq bilib olishsin. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshlovchingiz to‘g‘ri aytibdi. Ba’zi ulamolar xushbo‘ylanuvchi narsani qo‘lga tegsa yaltirab nam qiladigan darajada bo‘lsa qurbonlik vojib qiladi deganlar. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar