Hojatxonaga kirganda uzukni echib qo‘yish

Assalomu alaykum! Ustozlar, javob uchun oldindan rahmat. Alloh deb yozilgan va yana Payg‘ambarimizni ismlari yozilgan kumush uzuk taqqan inson xojatxonaga kirganida kistasiga solib kirishi kerakmi yoki tashqariga qo‘yishi kerakmi? Uzukka sig‘inish emas balki Allohni eslatib nima ish qilsa uylab ish qilishi uchun taqilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kistasiga solsa ham joiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 164 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar