Bu majburan qildirilgan taloqqa kiradimi?

Bu ayolni eri yashirin 3 yildan beri yana bir ayolga uylanib olgan ekan. Sir ochilib katta janjallar xanuz davom etayapti. 1-xotin onasini olib 2-xotinnikiga urushgani borishgan, er ham etib kelgan. Hamma bo‘lgan janjal diktofonga yozilgan. Men o‘zim eshitib ko‘rib, bo‘lgan ishlarni xolis, oxangi va kayfiyatini o‘zgartirmagan holda so‘zma-so‘z tasvirlab bermoqchiman.
Xullas, 1-xotin va onasi uyni qulflab olib, «2-xotiningni talok qilasan, bo‘lmasa meni talog‘imni ber» deb 1 soatdan ortiq bosim o‘tkazishdi. Oxiri yigit 2-xotinga «bo‘pti, javobing o‘zing bilan» deb 2 marta aytdi. Bu javob qaynonani qoniqtirmadi va «3 talokdan 3 marta aytasiz, hozirgi qorilar 3 taloq 1 taloqqa o‘tadi deyisharkan» dedi.
Kuyov-» bo‘ldi uch taloqsan» dedi
Qaynona-» yana ayting»
Kuyov-«uch taloqsan»
Qaynona-«yana ayting»
Kuyov-» Uch taloqsan dedimu bo‘ldida» dedi
Endi domlama-domla yurib yo‘l istayotgan ekan. Ko‘p domlalar yo‘l yo‘q debdi. Lekin ba’zilari yo‘l topib beribdi. Bu yo‘l shunday emishki «javobing o‘zing bilan» deb birinchi aytganda 1 taloq tushgan, va keyingi aytilgan taloqlar hisobga o‘tmasmish. 1 taloq tushganda er xotin bir-biriga begonaday bo‘larmish va iddasi chiqmaguncha yoki yarashib olmaguncha aytilgan keyingi taloklar hisob emasmish» Ikkinchi yo‘li esa «majburan yoki jahl ustida ajrashish, niyatisiz aytilgan taloq lafzi hisobga o‘tmasmish».
Shu ayol qattiq iltimos, qilib so‘rab bering degandi. Sizni javobingizdan ikkisini ham ko‘ngli to‘lishiga ishonib so‘radi. Rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu holatda yarashib bo‘lmaydigan taloq tushgan. Javobing o‘zing bilan deganda, xotin bir narsa deyishi kerak edi. U aytmagan. Shuning uchun o‘shanda unga taloq tushmagan bo‘ladi. Ikkinchidan taloq tushganda ham raj’iy taloq tushadi. Yana taloq qilsa, tushaveradigan holat bo‘ladi. Bir taloqdan keyin boshqa taloq tushmaydigan bo‘lishi uchun boin taloq bo‘lishi kerak. Majburlashga kelsak, odamning joni yoki biror a’zosi talofat ko‘radigan darajadagi tahdid bo‘lishi kerak. Erkak kishining xotin kishidan qo‘rqishi majburlash deyilmaydi.

1 May 2022, 01:12 | Savol-javoblar | 203 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar