Nomahram bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, inson vafot etganidan so‘ng nikoxi ham bekor bo‘ladi deb eshitdim. Demak er vafot etsa uni ayoli yoki aksincha ayol vafot etsa uni eri quchoqlashi mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayol kishi vafot topishi bilan erga nomahram bo‘ladi. Yuzi, kafti va qadamidan boshqa joylariga qarashi joiz emas. Qabrga qo‘yishda esa hech qanday karohiyat yo‘q. Chunki kafanlanganda er bilan ayolning o‘rtasini 3-4 qavatli mato ajratib turadi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni er vafot topib ayoli qolsa, ayol iddaga o‘tiradi va bir jihatdan erning ayoli hukmida bo‘ladi. Iddasi chiqquncha boshqasiga erga tega olmaydi. Shuning uchun ayol erining tirikligidagi qarashi va ushlashi mumkin bo‘lgan joylariga qarashi mumkin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush