Taqsid yoki nasiya savdomi
Assalomu alaykum! Men avtomashina do‘kon va maishiy buyumlarni zarurati borlarga olib beraman quyidagicha: Kerak odam yuqoridagi narsalarni o‘ziga yoqqanini topadi, so‘ngra men borib o‘z pulimga baraka qilib olaman va o‘z nomimga o‘tkazaman, so‘ngra so‘ragan odamga 2 yilga 50% qilib beraman va avtoga ishonchnoma beraman. Mani nomimga va to‘lov to‘liq to‘langandan so‘ng xaridor o‘z nomiga mulkni o‘tkazishi xaridor zimmasida bo‘lvotti. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar xuddi aytganingizdek bo‘lsa to‘g‘ri. Agar oylik to‘lovni kechiktirsa ustama(penya) qo‘shib oladigan bo‘lsangiz bu sudxo‘rlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 12:25 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat