Taxorat buzmasdan

Assalomu alaykum! Men xozirda Rossiya davlatida ishlayapman, ishimiz asosan tashqarida, kun sovuq, 5 vaqt namoz o‘qiyman, namozimni ish joyda, tashqarida, o‘qiyman taxorat olsam sovuq. Uydan ishga chiqishda taxorat olaman-da taxoratimni buzmasdan yuraman. Endi savolim taxoratimni buzmasam namozni o‘qishda qo‘l, og‘iz, burun, oyoqlarni yuvish kerakmi yoki nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat buzilmasa bo‘ldi. Har namozga yangi tahorat olish shart emas. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar