Onam qilib yurgan ishlari
Assalomu alaykum! Onamni xolamni eri pochcham bilan ancha oldin uyimizda yolg‘iz qolishganini bilib qolganman, zino qilishganini bilib qolganman. Telefondayam gaplashishgan man buni xicham gapirmaganman. Agar xolamga etsam oila buzilib ketadi. Shu ishlarni qilib yursa bu qanday odam bo‘ldi, pochchamni yomon ko‘rib qolganman. Iltimos maslaxat bering qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi holatda onangizni qaytarish sizning vazifangiz hisoblanadi. Lekin bunda u kishini ona ekanlarini e’tiborga olishingiz kerak. Boshqalarga qilgan muomalangizni u kishiga qila olmaysiz. Qo‘pollik qilmagan, yomon gapirmagan va gapingizni muloyim qilib bu ishdan qaytarishingiz kerak bo‘ladi. Muloyimlik va yumshoqlik bilan nasihat qilishda bardavom bo‘ling. Qarindoshlardan tog‘alaringiz bo‘lishsa, ular bilan maslahat qilib onangizni munosib odam topib nikohlab qo‘ysanglar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:33 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush