Xomiladorlik davri

Assalomu alaykum! Xalqimizda bazi joylarda bir gap bor xomilador xotinning 7 oylikdan o‘tsa jinsiy aloqa qilish mumkin emas deyishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Meni bilishimcha shariatda xayz va nifos davrida yana ro‘za oyida mumkin emas ekan, lekin bunday mish-mish gaplar yurishi meni xayron qoldiradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri gap. Yaqinlik qilmaslik tuqqanidan keyin bo‘ladi. Chunki u vaqtda nifos ko‘rgan bo‘ladi. Ungacha tibbiyot nuqtai nazaridan ko‘proq yaqinlik qilish bolani shakllanishi va tug‘ilishiga foydali bo‘ladi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadislarida homilador ayolga yaqinlik qilishni ekinga suv quyish deb ta’bir berganlar. Jismoniy qiyinchilik bo‘lsa boshqa gap. Ramazon oyida yaqinlik mumkin emas degan gap ham noto‘g‘ri. Ro‘za tutgan bo‘lsa joiz emas, iftordan keyin to saharlik vaqtigacha yaqilik qilish joiz.  Vallohu a’lam!

10 Fevral 2023, 00:07 | Savol-javoblar | 104 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar