Xadis mazmuni

Hazrat Janob bir xasid uqidim unda Molik ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yuz dinorni «sarf» qilmoqchi — almashtirmoqchi bo‘ldim. Bas, meni Talha ibn Ubaydulloh chaqirdi, ikkovimiz kelishdik, u menga almashtirib beradigan bo‘ldi. Tilloni olib qo‘lida aylantirib turib, xazinachim o‘rmondan kelsin, dedi. Buni eshitib turgan Umar: «Allohga qasamki, undan olguningcha ajramay tur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tilloga tillo (almashtirish) ribodir. Magar, «Ma! » «Ma! » bo‘lsa mustasno. Bug‘doyga bug‘doy ribodir. Magar, «Ma! » «Ma! » bo‘lsa mustasno. Arpaga arpa ribodir. Magar, «Ma! » «Ma! » bo‘lsa mustasno. Xurmoga xurmo ribodir. Magar, «Ma! » «Ma! » bo‘lsa, mustasno», deganlar» dedi». Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy. Men aytmoqchi bo‘lganim agar dollarni so‘mga aylantirsa ham ribo bo‘ladimi. Keyin Ma Ma deganini tushinmadim nima degani. Raxmat javob uchun
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar qo‘lma qo‘l ili almashilsa ribo bo‘lmaydi. Hadisning ma’nosi shu.

2 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar