Paynetda oylikka ishlasa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum fazilatli Shayx Hazratlari. Barcha bandalariga mehribon bo‘lgan Rohman sizga ikki dunyoda ham mehribon bo‘lsin ! Hazrat uyali telefonlarga pul o‘tkazish tizimi (Paynet) haqida o‘zim ham birmuncha ma’lumotga ega edim.Hamda saytdagi shu mavzu yuzasidagi birmuncha savollarni o‘qib chiqdim.Ammo ilmsizlik qilib uncha tushunmadim.Shu sababli berayotgan savolim takror bo‘lsa mani avf etgaysiz. Hazrat paynet tizimida sudxo‘rlik aralashib qolar ekan.Ya’ni 100 ming so‘m pulni paynet yurituvchi o‘z hisobiga tushirtirganda bir necha ming so‘m kam bo‘lib tushar ekan.Shuningdek, mijozlarga 1000 so‘m puldan 100 so‘m xizmat haqi deb olib qolganidan tashqari yana 2 yoki 3 % ushlab qolinadi. Qisqasi biroz bilganim shu. Endi manga bir kishi paynet ochib berib oylik to‘lab ishlatsa, man uni pul tushirish jarayoniga qatnashmasam hamda mijozlarga qo‘shimcha 2 yoki 3 % olib qolinadigan pulni aytib ishlasam, topgan pulim halol bo‘ladimi? Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shuning uchun bu tizimdan noroziliklar ko‘payib bormoqda.

2 May 2022, 13:11 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar