Daraht suv bilan, inson duo bilan yashnaydi
Assalamu alaykum wa rahmatulloh, Ustoz! Allohdan siz kabi duoguy ustozlarimiz sonini kupaytirishini surayman. Maslahat va duo olish maqsadida qalbiy hodisalarimni bayon qilmoqchiman: Nafsim haddan oshgan, bir necha vaqt buldi buni oz bulsada sezaman wa nafsimga qarshi kurash e‘lon qilaman, 2-3 kun nafsimni hoyu havasiga yurmaslikga harakat qilaman 3kun utgandan keyin esa uzimga bergan ahdim esimdan chiqib qoladi. Shu 2-3 kun ichida kuproq Qur‘oni karimni tilovat qilib, kimgadir yahshi gapirib yahshi amal qilishga, diyndosh brodarlarim davrasida bulishga harakat qilaman wa oz bulsada halovat topaman. Oradan 2-3 kun utadi-yu nomaqbul ishlarni qilishlik yana amallarim orasiga kirishni, shu bilan solih amallarim soni kamayib boshlaydi. Shu tarzda 10martadan kup uzimga suz berib yana esimdan chiarganman. Bugun har galgidek yana uzimga uzim nafsimga qarshi kurash e‘lon qildim. Maslahat bering wa duo qiling haqqimga toki bulsin. Bu ishlarim foida bermasdan dil shikasta bulib qolishdan qurqaman. Duo qiling Ustoz, iltimos...Wassalamu alaykum...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo nafsingizga qarshi kurashishingizda sizga yordamchi bo‘lsin! Bir marta uch kun chidasangiz, keyin to‘rt kunga, so‘ng besh kunga qilib boraversangiz o‘rganib ketasiz, inshaalloh. Faqat zerikmang. Davom etavering.
2 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 187 | Duolar