"Baqara" surasi 36-oyat
Assalomu alaykum! Oyat mazmunini tushinishimda yordam bering iltimos. “BAQARA” surasi. 36. Shayton ularni undan ozdirdi va bo‘lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Ba’zingiz ba’zingizga dushman bo‘lib tushinglar, sizlarga er yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», dedik.
Ushbu suradagi «Ba’zingiz ba’zingizga dushman bo‘lib…» yoki ayrim tarjimalarda «Bir-biringizga dushman bo‘lib…» jumlasi ma’nosini tushintirib bering iltimos. Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! فَأَزَلَّهُمَا الشَّيْطَانُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ وَقُلْنَا اهْبِطُواْ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ وَلَكُمْ فِي الأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَاعٌ إِلَى حِينٍ 36. Bas, shayton ularni undan toydirdi va bo‘lgan narsalaridan chiqardi. Va: «Bir-biringizga dushman bo‘lgan holda tushinglar, sizlarga er yuzida qarorgoh va ma’lum vaqtgacha bahramandlik bordir», – dedik. Shayton Odam Ato bilan Momo Havoni qanday qilib yo‘ldan ozdirgani boshqa oyatlarda bayon qilingan. Bu erda suraning umumiy yo‘nalishiga qarab, faqat «shayton ularni undan toydirdi», adashtirdi, deb qo‘yilmoqda. Oyatning davomida: «va bo‘lgan narsalaridan chiqardi», deyilmoqda. Bu jumla bizning tilimizda bir oz to‘mtoqroq chiqmoqda. Lekin Qur’oni Karim matnida bu jumla nihoyatda mo‘’jizakor jaranglaydi. Ba’zi tarjimonlar uni «Jannatdan chiqardi», deb tarjima qilganlar. Lekin matndagi ma’no aynan «ikkovlari bo‘lgan narsadan» sifatida kelgan. Bunda ma’noni umumiy tarzda «Jannatdan, ne’matdan, huzur-halovatdan chiqardi...» deya tushunish mumkin. Shayton vasvasa qildi, Odam ahdini unutdi, ig‘vo qarshisida zaiflashdi, bo‘lar ish bo‘ldi. Shunda ilohiy hukm chiqdi: «Bir-biringizga dushman bo‘lgan holda tushinglar». Shundan buyon inson bilan shayton orasidagi dushmanlik boshlandi va bu dushmanlik qiyomatgacha davom etajak. Alloh ularga er yuzini qarorgoh qilib berdi va bir muddat – to qiyomatgacha bunda qoladilar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 147 | Qur’oni karim