Akam to‘polon qiladi ota-onam menga chiqib ket deyaveradi

Assalomu alaykum! Ustozlar, akam bor alohida yashaydi. Doim qarzga botadi, ota onamdan janjal qilib pul oladi, bazida mast bazida hushyor, yaqinda mendan to‘yonamga bergan pulini janjal to‘polon qilib oldi. Bazida meni uradi otamni jahli chiqqan payti uraveradi, unga to‘sqinlik qilsam yo militsiyaga habar bersam onam yo‘l qo‘ymaydi. Akamdan emas mendan norozi bo‘laveradi. Uyda ota onamdan tashqari ayolim va bolam bor, ularam janjaldan ko‘p aziyat chekishvotti. Akamga biron chora ko‘ray desam onam oilangni olib uyimdan ket deyaveradi. Akamga indamay desam uyda tinchli yo‘q indasam onam norozi bolalarim bundoq muhitta katta bo‘lishini o‘ylasam yuragim orqaga tortib ketadi. Iltimos maslahat beringlar uydan ketsam to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kasallikdan tuzalayotganlar hozirda ko‘p. Sizlar yaxshi mutaxassis shifokor bilan maslahatlashib maxsus ukol yoki shu kabi muolaja qildirib qo‘yinglar. Ichishni tashlab yuboradi. Ota-onangiz sizni xizmatingizga muhtoj bo‘lishsa alohida chiqmaganingiz kerak. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar