Boshqa din vakillariga nisbatan muomala

Assalomu alaykum! Musulmon odam (islomiy etiqodiga zarar etkazmagan xolda) yaxudiylar xamda nasroniylar bilan dunyoviy ishlarda xamkorlik qilishi mumkinmi? Ya’ni ilm-fan, tibbiyot, iqtisod va xarbiy soxalarda ulardan o‘rganilsa ularni dunyoviy ishlarda inson zotiga foydasi tegadigan jixatlarini musulmon o‘zlashtirsa bo‘ladimi? Ular bilan do‘st tutinsa bo‘ladimi? 2). Musulmon inson yaxudiy va nasroniylarga qalbida nafrat bilan munosabatda bo‘lishi, ularni orqasidan yomon fikr bildirishi, ularni qoralashi musulmon odam uchun qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Dunyoviy tomonlama do‘st tutinsa bo‘ladi. Musulmon o‘zga din vakillarining zotiga nafrat qilishga haqqi yo‘q. Chunki ular ham Allohning bandalari. Ularni e’tiqodi va Allohga nisbatan noto‘g‘ri e’tiqodini yomon ko‘riladi, chunki ular ko‘p o‘rinlarda Allohni haqoratlaydilar. Eng asosiysi doimiy tarzda ular uchun ham hidoyatni umid qilib harakatda bo‘lish lozim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:42 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar