Asr uchun niyat
Assalomu alaykum! Silsila darslarini o‘qiyotganimda Ali roziyallohu anxu Asr namozining farz namozidan oldin 4 rakat namoz o‘qir ekanlar. Alhamdulliloh men ham shunday qilayotgandim ammo qanday niyyat qilish haqida o‘ylanib qoldim. Shu kungacha men 4 rakat sunnat namoz deb niyyat qilib o‘qiyotgan edim. Bu namozni Payg‘ambarimiz o‘qigan ekanlar nega bu namoz ham boshqa namozlar singari sunnat bo‘lib qolmagan shunga ham tushuna olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlariga rahm qilib ba’zi bir ishlarda qattiq turmaganlar. Hozirgi kunga kelib bu qilgan ishlari qanchalik hikmatga boy ekanligi yanada namoyon bo‘lib qoldi. Chunki odamlar farz bo‘lgan ishlarni ham tark qilishmoqda. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar