"Musulmonlar gunohsizligi" filmi haqida

Assalamu aleykum hurmatli Shayx Hazratlari.Hozirgi kunda arab davlatlarida xalq noroziligiga sabab bo‘layotgan amerikalik yahudiy sem beysil degan ahmoq tomonidan yahudiylarning hayriya puli evaziga olingani aytilyotgan "Musulmonlar gunohsizligi" filmi haqida so‘ramoqchi edim.Bu filmda musulmonlar,xususan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassallam hajv qilingani aytilmoqda.Bu yahudlar asta-sekin bizni nasorolarga o‘xshatib beparvolikka olib bormoqchimi?So‘z erkingligi qonunan himoyalanganini ro‘kach qilib dastlab Daniyalik jurnalistning 2005-yildagi karikaturasi,Afg‘onistonda Qur‘onni yoqilishi,Nyu Yorklik rohibning ochiqchasiga Qur‘onni yirtishi,endi bu film.Hazrat bu film ijodkorlarini islomni tahqirlagani bois Islom tashkilotlari biror chora ko‘ryaptimi?Agar ular qonunni shunchalik hurmat qilar va unga amal qilar ekan,balki Qur‘oni Karim,Ka‘ba va Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.) siymolari dahlsiz bo‘lishi uchun xalqaro andozadagi hujjat qabul qilish chorasini ko‘rish kerakdur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Barcha ixlosli musulmonlar, islom tashkilotlari va rasmiy idoralar qo‘llaridan kelgan ishlarni qilmoqdalar. Hozirda aybdorlarni hibs qilsh uchun talabnoma ham chiqarilgan. Bu nobakorliklari o‘zlarining boshiga kulfat keltiradi, xolos.

2 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar