O‘lim bo‘lgan uyda taom
Assalomu alaykum! O‘lim bo‘lgan uyda taom tayyorlab bo‘lmaydi tayyorlansa o‘lim bolalaydi deyishyabdi qanaqasiga o‘lim bolalaydi bu axir bidatku desam ko‘nishmayabdi. u rostan xam bidatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘lim bolalaydi degan gapi xato.Mayyitning ahliga taom qilib berish:Musibatzadalarga ularning yaqinlari va qo‘shnilari taom taqdim qilishlari mustahabdir.عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ جَعْفَرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَمَّا جَاءَ نَعْيُ جَعْفَرٍ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: اصْنَعُوا لِأَهْلِ جَعْفَرٍ طَعَامًا، فَإِنَّهُ قَدْ جَاءَهُمْ مَا يَشْغَلُهُمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَAbdulloh ibn Ja’far roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ja’farning o‘limi xabari kelganda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ja’farning ahliga taom qilib beringlar. Chunki ularni mashg‘ul qiladigan narsa kelib qoldi», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Dafndan keyingi birinchi uch kunda mayyit ahlining boshqalarga taom qilib berishi makruhdir. Agar merosxo‘rlar ichida balog‘atga etmagan bolalar bo‘lsa, boshqalarga taom qilib berish haromdir. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 10:28 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar