Komil iymon

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, menga komil iymonning sirini aytinglar. Men islomdan butkul yiroq jamiyatda ulg‘aydim. Va shuning uchun ham o‘sha muhit, o‘sha bemani hayot tarzi meni tortib ketayapti. Qanchalik harakat qilmayin Alloh bizga farz qilgan "iymon keltirish" ishini uddalay olmayapman. Shuning uchun boshqa amallarim ham o‘ta nuqsonli yoki umuman qila olmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Komil iymonning siri to‘g‘ri e’tiqodda bo‘lishdir. Mo‘min bilan kofir, fosiq bilan munofiqlar o‘rtasini ajratadigan asosiy nuqta ham salomat e’tiqoddir. E’tiqod haqiqiy va Alloh taoloning ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lsa amaliy kamchiliklar o‘z-o‘zidan isloh bo‘lib ketadi. Hozirgi ulamolarda avvalgi davrdagi olimlarning parxezkorligi, ko‘p ibodat qilishi va sunnatga amal qilishlari kabi emas. Lekin ulardagi sog‘lom e’tiqod qiyomatgacha topilishi aniq. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 169 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar