G‘ayridin bergan ijara xaqqi halolmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, bizni Rossiyada uyimiz bor. Shuni g‘ayridinga ya’ni rus millatidagi oilaga ijaraga bersak bo‘ladimi? Savolni berishdan maqsad albatta undan keladigan pul bizga xalolmi shuni bilmoqchiman. Oldindan rahmat sizlarga kattakon, bilmagan narsalarni bilib olishimizga yordam beryatganilar uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yashashga ijaraga berish joiz. Undan keladigan pul ham halol. Ular yashab turib qiladigan gunohi o‘zlarining zimmasiga. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar