Sherikchilikga pul berish

Assalomu alaykum! O‘zim davlat ishida ishlayman. Bekor turgan pulim bor edi. O‘rtog‘im biznesman. O‘zi kelib “menga pulingizni bering, men xom-ashyo olaman va foydasidan sizga berib turaman” deb, 1 oyda foydasini hisoblab bitta summasini beryabdi. Keyin qo‘shni akam piyoz ekdi. “Dorilarga pul kerak pishganda 500 so‘mdan berasiz” deb pul oldi. Hozir ko‘chadagi bir yaqin ukam “baliq boqaman” deb pul so‘rayabdi va foydasini aniq bilaman va siznikini chiqarib, qo‘shib beraman yil oxirida deyabdi. O‘zimni biznes qilishga vaqtim yo‘q. Lekin bu narsalar menga sal shubhali tuyulyabdi. Sudxo‘rlikka kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon qilsangiz, biron ahli ilm oldiga borib, masalangizni aniq qilib oling. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qib ko‘ring https://fiqh.uz/maqola/317

7 May 2022, 09:55 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar