Iso (as) haqida

Bart Erman degan Amerikalik bibliyashunos olim "Iso qanday qilib xudoga aylanib qoldi" degan kitobida Iso (a.s) hech qanday xudo emasligini, uni hech kim xudo ham demaganini, balki Isroilga elchi bo‘lib kelganini ilmiy ravishda qadimgi qo‘lyozmalar bilan isbotlab berdi. U o‘sha kitobida nasroniylar “Iso (a.s)ni o‘ldirilgan deb ishonadigan kechada havoriylar Iso (a.s)ni o‘lmaganini, balki osmonda ekanini bilishardi” degan fikrga yaqin qarashni bayon qilgan. Ammo bizga Iso (a.s) ni o‘ldirilmagani, balki Allohning huzurida ekanligi Qur’on nozil bo‘lganidan keyin ayon bo‘ldi. Muhtaram ustoz, Iso (a.s)ning o‘ldirilmagani, Alloh u kishini O‘z huzuriga ko‘targani haqiqati Qur’on nozil bo‘lmasidan oldin ham odamlarga ma’lum edimi yoki bu haqiqat faqat Qur’on nozil bo‘lganidan keyin hammaga ayon bo‘ldimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Odamlar bu haqda ixtilofda edilar. Qur’oni Karim haqiqatning xabarini berdi.

26 May 2022, 17:41 | Savol-javoblar | 156 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar