Uzrli ayollar Qur’onda kelgan duolarni o‘qishi

Assalomu alaykum! Ayol kishi uzrli (xayz) xolatida Qur’onda kelgan duolarni yoddan o‘qib yurishi mumkinmi yoki ulardan xam chetlashib turadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol: Hoiza Qur’on tilovat qilsa bo‘ladimi?
Javob: Hoizaga bir oyat bo‘lsin yoki undan oz bo‘lsin tilovat maqsadida Qur’on o‘qishi haromdir.وَمِنْهَا حُرْمَةُ قِرَاءَةِ الْقُرْآنِ لَا تَقْرَأُ الْحَائِضُ وَالنُّفَسَاءُ وَالْجُنُبُ شَيْئًا مِنْ الْقُرْآنِNopok kishilarga qilishi mumkin bo‘lmagan ishlar jumlasidan: Qur’onni qiroat qilish haromligi.
Hoiza, nifos ko‘rayotgan ayol, junub kishilar Qur’ondan biror narsani o‘qimaydilar.
Savol: Hoiza va uning hukmidagilar tilovatni qasd qilmasdan Qur’on oyatlarini o‘qisa bo‘ladimi?
Javob: Bunday kishilar qiroatni niyat qilmasdan, masalan shukr qilish uchun oyatlarni o‘qisalar joiz.وَالْآيَةَ وَمَا دُونَهَا سَوَاءٌ فِي التَّحْرِيمِ عَلَى الْأَصَحِّ إلَّا أَنْ لَا يُقْصَدَ بِمَا دُونَ الْآيَةِ الْقِرَاءَةُ مِثْلُ أَنْ يَقُولَ الْحَمْدُ لِلَّهِ يُرِيدُ الشُّكْرَ أَوْ بِسْمِ اللَّهِ عِنْدَ الْأَكْلِ أَوْ غَيْرِهِ فَإِنَّهُ لَا بَأْسَ بِهِAsah qovlda hoiza, nifos ko‘rgan ayol, junublar qiroat qilishlari haromligida bir oyat va undan ozrog‘i ham barobardir. Lekin bir oyatdan ozrog‘ini tilovatni qasd qilmasdan o‘qisa, masalan shukr qilmoqchi bo‘lib “Alhamdulillah”, desa yoki taomlanish va boshqa ishlardan avval “Bismillah”, desa zarari yo‘qdir. (Fatavoi Hindiya).
Savol: Ba’zilar so‘zlashuv mobaynida qisqa oyatlarni qo‘shib gapirish odatlariga aylanib qolgan. Hoiza ham odatdagidek so‘zlashuv mobaynida qisqa oyatlarni o‘qib yuborsa gunohkor bo‘ladimi?
Javob: Hoiza odatdagidek so‘zlashuv mobaynida qisqa oyatlarni o‘qib yuborsa gunohkor bo‘lmaydi.وَلَا تَحْرُمُ قِرَاءَةُ آيَةٍ قَصِيرَةٍ تَجْرِي عَلَى اللِّسَانِ عِنْدَ الْكَلَامِ So‘zlashuv chog‘ida tilga o‘rnashib qolgan qisqa oyatlarni qiroat qilish bilan gunohkor bo‘lmaydilar. (Fatavoi Hindiya). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:35 | Savol-javoblar | 187 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar