Pulni qaytarib olish joizmi?

Assalomu alaykum! Yaqin insonim chevarchilik qiladi va yangi uslublar o‘rganish uchun bir chevarnikiga dars olishlikka bordi. Bir oylik kursga kelishildi va oldindan bir oylik to‘lov qilib qo‘ydi. Lekin yarim oy o‘tgandan so‘ng darslardan qoniqmadi va kerakli narsani o‘rganmaganligi tufayli vaqtni bexuda ketkazmasdan darslarni to‘xtatishga qaror qildi. Shuning uchun xozirda pulni yarimini talab qilsa bo‘ladimi yoki so‘ramagan ma’qulmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kelishuvga bog‘liq. Pulni olgan odam qaytarib bersa, qaytarib bergani afzal. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:09 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar