Bir mahsulotni ikki marta sotish
Assalomu alaykum Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Hazrat oshxona va kafelarda odatda non bo‘laklari ortib qoladi. Mijozlar ko‘pchiligi uyalganidanmi vallohi a’lam, rozi bo‘lsa ham bo‘lmasa ham ortib qolgan bu non bo‘laklarini olib ketishmaydi. Sotuvchilar esa ortib qolgan nonni hisobga olmay, mijozni oldiga nechta non qo‘yishgan bo‘lsa shuncha nonning pulini olishadi. Va ba’zilari bu non bo‘laklarini yana boshqa mijozlarga qaytadan sotishmoqda. Shunday savdo to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bulmasa iltimos shu qolgan nonlarni sotuvchilar nima qilishligini ham aytib o‘tsangiz. Savolim ziyoda bo‘lgani uchun iltimos mani avf eting. Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqa erlarda ortib qolgan non va unga o‘xshash narsalarni oshxona xodimlari maxsus xaltalarga solib egasiga beradi. Agar egasi o‘zi rozi bo‘lib olmay ketsa, boshqalarga sotsa bo‘ladi.
5 May 2022, 07:07 | Savol-javoblar | 143 | Islam