Ro‘za farzligi haqida baxs
Assalomu alaykum! Ishxonamiz xodimlari bilan birga o‘tirgandik gap ro‘za tutish haqida bo‘ldi. Ro‘za bu farzligini men ta’kidladim, ammo bir xizmatdoshim bu majburiy emas dedi. Keyin yana bu farz amalligini aytdim, Qur’onda unday yozilmagan dedi majburiy emas dedi. So‘ngra aqlsizligim tufayli “bu majburiy emas, ammo musulmonman desang tutishing shart” dedim. Kufr keltirgan hisoblanamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkingiz ham istig‘for aytib qattiq tavba qilib, afsus nadomatlar qilinglar. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ 183. Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvo qilsangiz.
Bu oyati karimani ham Alloh taolo:
«Ey iymon keltirganlar!» deb mo‘minlarga mahbub nido bilan boshlamoqda. Muhim va mashaqqatli ishni taklif qilishdan oldin o‘zi yaxshi ko‘rgan va uning uchun har qanday mashaqqatni ham bo‘yniga olishga tayyor turgan sifatni eslab qilingan nido eshituvchida bo‘lajak ishga g‘ayrat bilan kirishish ruhini uyg‘otadi. Alloh taolo ham musulmonlarga ro‘zaning farzligini amr etishdan oldin ularga:
«Ey iymon keltirganlar!» deb nido qilmoqda.
Oyatning ma’nosidan kelib chiqib, ro‘za yangi ibodat emasligini, balki barcha dinlarda qadimdan bor ibodat ekanini tushunamiz. Chunki unda:
«Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi», – deyilmoqda.
Dinlar tarixini o‘rganib chiqqan ulamolarning ta’kidlashlaricha, barcha dinlarda, hatto ilohiy bo‘lmagan dinlarda ham ro‘za ibodati bor ekan. Lekin uni ado etish turlicha bo‘lgan. Ba’zi dinlarda ma’lum ovqatlardangina o‘zini tiyib yurish ro‘za deb tushuniladi. Misol uchun, nasorolarda hayvondan chiqqan ozuqa mahsulotlaridan o‘zini tiyib yurish ro‘za deyiladi. Ulardagi ro‘zaning muddati qirq kun bo‘ladi. Nasroniylarning turli mazhablarida ro‘za turlicha bo‘ladi.
Islomdagi ro‘za haqiqiy ilohiy ma’noni kasb etgan ibodatdir. Ro‘za arab tilida «savm» deyilib, lug‘atda «o‘zini tiyish» degan ma’noni bildiradi. Shariatda esa Ramazon oyida tong otgandan quyosh botguncha niyat bilan, eyish-ichishdan va shahvoniy amallardan o‘zini tiyib turishga aytiladi. Oyati karimaning so‘ngida Alloh taolo:
«Shoyadki, taqvo qilsangiz», – deb, ro‘zadan ko‘zlangan asosiy maqsadni ham bayon qilib qo‘ymoqda. Demak, ro‘za ham taqvo yo‘llaridan bittasi ekan. Ro‘za tutgan shaxsning qalbida taqvo ruhi uyg‘onishi kerak. Agar kim ro‘za tutsa-yu, qalbida taqvo hissi uyg‘onmasa, u odam haqiqiy ro‘za tutmagan bo‘ladi. Ro‘za havoyi nafsning noo‘rin qo‘zg‘alishlarini yo‘lga solishga, to‘g‘rilashga, shahvatni jilovlashga, qorin talablarini ham izga solishga xizmat qiladi. Ro‘za nafs balosidan qutulib, Allohning toatiga xolis ajrab chiqishga yordam beradi. Kimki iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani «taqvo» deb nomlanuvchi ikki dunyo saodatiga eltuvchi baxtga muyassar qiladi.
Bu oyati karimada ro‘za farz qilinganligining xabari keldi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
2 May 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 157 | Ro‘za