etka

Assalomu alaykum! 1. Cho‘chqa yungidan bo‘lgan etkalar haqida oilamga aytsam bunga ishonishmay cho‘chqani juni bo‘lmaydiku deyishdi. 2. Bu yotkani nonvoylar ishlatishi aniq ekan. Shundan keyin ko‘cha nonini emay qo‘ydim, lekin ota-onam emoqda va uy noni bilan bir idishga solishmoqda. Shu ko‘chani noniga tekkan non, ovqatlarni eyish va shu non qo‘yilgan dasturxonda o‘tirish mumkinmi? 3. Bizni do‘konda ham bu etka bor. Men uni sotmaslikni ko‘p aytdim, lekin ota-onam emasa bo‘ldi deb sotyabdi. Men bu gap dindan chiqaradi desam, onam jahl ustida “chiqsam chiqay” deb yubordi. Ular meni kasalsan, aljirayabsan, sen bir balo(fitna) deyishyabdi. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Internetdan qidirsangiz yungli cho‘chqani videolari bor.
2). Mumkin.
3). Odamlar 70 yil davomida o‘ta og‘ir, tuzalishi uzoq vaqt talab qiladigan, oqibati do‘zax bo‘ladigan “dinsizlik” kasalligiga duchor bo‘lishdi. Uni davolash uzoq vaqt talab qiladi. Ularga bemor deb qarash kerak shunda ulardan sodir bo‘ladigan ba’zi bir alaxsirash, kallasiga kelganini gapirish, foydali dorini inkor qilish kabi ishlarni kechirib turiladi, parvo qilinmaydi. Dorini ko‘proq bersangiz o‘lib ham qolishadi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 216 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar