Terrorchilar kimlar?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Bu savolim meni anchadan buyon qiziqtirib keladi. Hozirgi kunda ko‘pgina davlatlarda Islom dinini niqobi ostida qo‘poruvchilik ishlari olib borayotgan ba’zi jamoalari, ya’ni TERRORIRSTLAR haqida bir necha savolim bor edi.
1. Ular kimlar, maqsadi va ular haqida Qur’oni Karim yoki sahih hadislarda ma’lumotlar kelganmi?
2. Bu jinoyatchi guruxlar tomondan shafqatsizlarcha odamlar so‘yilgani, otib tashlangani kabi videolar mavjud. Axir Islom dinida odam o‘ldirish eng og‘ir gunohlardanku. Payg‘ambarlarimiz tarixiga e’tibor bersak Alloh taolo Idris alayhissalomga Qobilning qavmini yo‘q qilishga, ya’ni jihod qilishga buyuradi. Bundan olgan xulosam, agar jihod qilish kerak bo‘lganda Alloh taolo buyurmoqda. Bu terrorchi jamoalar jihodga chaqirishmoqda. Shu ishlari to‘g‘rimi? Qur’onda jihod shu tarzda farz qilinganmi? Bu ishlar Islomga qarshi ishdek tuyulmoqda, boshqalarda Islomga nisbatan qurquv paydo bo‘lmoqda!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining “Ochiq xat” nomli kitoblarini olib o‘qing. In shaa Alloh hamma savollarizga javob topasiz. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar