Tushdagi ism
Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuh Shayx hazratlari. Alloh biz tolibi ilmlar uchun say-harakatlaringiz ajrini ko‘paytirib bersin!Quyidagi savol bilan murojaat qilishga ijozat bergaysiz:Bir birodarim bugun o‘gil farzand ko‘rdi va unga Ibrohim ismini qo‘ymoqchi edi, lekin singlisi farzand tug‘ilishidan oldin bir tush ko‘rib, unda akasi o‘g‘il ko‘rishini va uning ismi Firdavs ekanligi ayon bo‘libdi. Shunga birodarim, shu tushda ko‘rilgan ismni qo‘yishim shartmi yoki o‘zim hohlagan ismni qo‘yishim mumkinmi deb so‘radi. Uydagilari tushdagi ismni qo‘yishing kerak deyishmoqda ekan. Men sizdan so‘rashlikni lozim topdim. Iltimos shu mas‘alada yordam bersangiz,Hurmat bilan shogirdingiz Abu Hadija
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushda ko‘rgan ismni qo‘yish shart emas.
2 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 180 | Bola tarbiyasi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushda ko‘rgan ismni qo‘yish shart emas.
2 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 180 | Bola tarbiyasi