ikki sajda orasida tasbex aytish

Assalomu alaykum! Menga 7 yil avval bir odam namozda ikki sajda orasida utirganda robbigfirli deb ikki martta aytgan yaxshi degan,shundan beri aytib kelaman menga xushuga yordam beradi,endi uylab koldim bu namozga yangilik kiritishmasmikin deb.Shu masalada shari’atimizda kursatmalar bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنهما أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ : ( اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ، وَارْحَمْنِي ، وَاجْبُرْنِي ، وَاهْدِنِي ، وَارْزُقْنِي  رواه الترمذيIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida “Allohim meni mag‘firat qilgin, meni rahm qilgin, nuqsonimni to‘ldirgin, meni hidoyat qil va menga rizq ato qil” der edilar". Termiziy rivoyati.عَنْ حُذَيْفَةَ أَنَّ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ َكَانَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ : رَبِّ اغْفِرْ لِي، رَبِّ اغْفِرْ لِي. رواه النسائي Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida “Robig‘firliy, Robig‘firliy” der edilar". Nasoiy rivoyati. Ulamolar “bu kabi duolarni nafl namozlarda qilish joiz” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:19 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar