Tazkirotul avliyo

Assalomu alaykum! «Tazkirotul avliyo» kitobini o‘qish durustmi? Bu kitobda Hasan Basriy va yana bir ayolning suv ustida va havoda muallaq holatda namoz o‘qigani haqida ma’lumotlar bor ekan. Bunga ishonsa bo‘ladimi? Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida bu musulmondan ajablanadigan narsa emas. Chunki qancha-qancha hashorat va jonvorlar ham havoda muallaq tura olishadi. Qolaversa ularning bu ishlari ulug‘likning asosiy mezoni emas. Asosiy mezon shariat ahkomlariga to‘liq amal qila olishlaridir. Ular qilchalik ham shariatdan tashqariga chiqqan emaslar. Ruhiy tarbiya ustozlari ekanliklari shak-shubhasizdir. Chunki ular Aliy roziyallohu anhu va boshqa bir qancha sahobalarning tan olingan shogirdlari hisoblanishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:21 | Savol-javoblar | 189 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar