Dezinsektsiya

Assalomu alaykum! Men “izlash xizmati”da bir inson zararkunandalarni yo‘qotish haqida bergan savoliga “olov yoki suv bilan kuydirilmasa bo‘ldi” degan javobingizni o‘qidim. Men tibbiyot sohasining labaratoriya bo‘limini bitirganman. Amaliyot paytlarida Ses markazlariga borganimizda mikroblarni spirtovka(piligining bir uchi spirtga botirilib boshqa uchi yoqiladigan dezinfektsiyalovchi vosita), kislota, yuqori bug‘ bosimi, cho‘g‘li alanga yordamida mikroblarni yo‘q qilinar edi. Chunki ba’zi mikroblar boshqa usulga juda chidamli bo‘lib, nobud bo‘lmaydi. Ana shunday usullarda mikrob va zararkunandalarga qarshi kurashish joizmi, gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Boshqa iloji bo‘lmasa joiz. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 136 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar