"Hadis va Hayot" silsilasining qolgan juzlari va mulohaza

Hurmatli ustoz! Men yaqinda "Hadis va hayot" to‘plamini sotib olgandim. Juda ham to‘g‘ri ish qilganimni, ya’ni arzimas pul bilan bebaho hazinaga ega bo‘lib olganimni ularni mutolaa qila boshlagach yana ham teranroq his qildim. Xizmatingizdan Alloh rozi bo‘lsin!Hazrat, silsilaning qolgan juzlari qachon chiqadi? Masalan, "Qiyomatning alomatlari, fitnalar" juzi? Ana shular haqida ma’lumot bersangiz.Yana bir gap, faqat meni to‘g‘ri tushuning, tanqid uchun emas, bildirib qo‘yish ma’nosida aytyapman buni, mazkur majmuadagi kitoblarning texnik sifatiga yana ham e’tiborni kuchaytirilsa, yomon bo‘lmasdi. Ularning ba’zi juzlarida muqova rasmlari biroz qiyshiq bosilgan, sahifalarning ko‘pi yaxshi qirqilmagan – varaqlashga qiynalasiz. Bular juz’iy va o‘nglash oson kamchiliklar, albatta. Ammo bunday benazir, qomusiy ahamiyatga ega to‘plam bu kabi qusurlarsiz xalqqa etib borsa, deyman.Gustohona mulohazalarim uchun yana bir bor uzr ustoz. Maqsad faqat isloh.Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- E’tirozingizni “Sharq” kontserniga qiling.

5 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar