Vitr qazo bo‘lsa

Assalomu alaykum! "Zikr ahlidan so‘rang" kanalini doimiy kuzatib boraman, kanaldagi 6503-savol meni qiziqtirgan savolga juda yaqin ekan: vitr namozi biror sabab bilan o‘qilmay qolsa qazosi o‘qilishi shartmi yoki ixtiyoriymi ..? Mahallamiz imomi va men ishlaydigan shahardagi masjid imomlari javoblari bir-birini rad qiladi. Sizlardan bu boradagi aniq javobni va 6503-savoldagi ko‘p yillik qoldirilgan vitr namozlari qazosi haqidagi javobingizni kutib qolamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vitrning qazosi o‘qiladi. Faqat vitrlari qolgan bo‘lsa ham sohibi tartib bo‘lmas ekan. Vitrlarni ham qazolari o‘qiladi. وكذا حكم الوتر تنوير . ( تنوير الأبصار ) ، وقال ابن عابدين : " لأنه فرض عسلي عنده خلافاً ( ردالمحتار ، باب قضاء الفوائت : ۳ / ۴ ، سعيد ) Vallohu a’lam!

2 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar