Tahorat to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh Sizlardan rozi bo‘lsin, ishlaringizga baraka bersin, faoliyatingiz bardavom bo‘lsin. Menda ikkita savolim bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘gitlarini bir kitobda o‘qigan edim. Mo‘minlarga suvga bavl qilmasliklariga davat qilganlar, lekin hozirgi kunda ko‘p qavatli uylarda hojatxonalarda zamonaviy unitazlarda doimiy ravishda suv oqib turadi. Shunga biza ushbu hojatxonalarda hojatimizni chiqarib gunoh ish qilmayapmizami?
2). Tahorat vaqtida inson qiblaga qarab tahorat qilinishini tavsiya etilgan. Hozirgi ko‘p qavatli uylarda yuvinish moslamasi qiblaga qaratilmagan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi paytdagi ko‘p qavatli o‘ylar borasida ulamolar ba’zi istisnoiy hukmlarni joiz deyishgan. Jumladan, unitazdagi suvga bavl qilish, uy qurilganda qiblaning hisobi qilinmagan bo‘lsa, uning odoblariga amal qilish mushkul bo‘lishi kabi masalalarda. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/91862

26 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar