"shirk va hato" haqida
Muhtaram Shayh hazratlari, Alloh qilayotgan mehnatingizdan rozi bulsin. Ustoz meni bir savol juda qiyniydi va keyin bilsam boshqa birodarim ham huddi shunday ma‘noda fikr bildirdi. Bilamizki sufilarning ichida inshaalloh o‘zi suygan ulamolar bo‘lgan, lekin hozirgi kunni olib qarasak ular aynan shirk qilayotganini kuzatamiz, biz bilgan bilim bo‘yicha Allohdan hech qanday vositasiz so‘raladi va qabrda faqat mayyit haqqiga tilovat qilinadi, lekin aksar sufilar ochiqchasiga shirk qiladi shayhi orqali so‘rab yoki qabristondagi qiliqlari undan ham yomon. Savol shundaki siz hazrat kavkazda va o‘zimizda o‘sha shayhlar bilan yaxshi aloqadasiz va nima uchun ular shirk qilayotganini hech kim ochiqcha aytmaydi, men oldin ham Dog‘istonlik bir odamlar nazdida ulug‘ shayhni gapidan iqtibos bergandim sizga, ularning yuzlab muriydlari bor, lekin ko‘pchilik ulamolar ularni hatosi bor deyishadi, ahir shirk bu shirk uni qog‘ozga o‘ralmaydiku, hatoni Alloh kechiradi agar hohlasa, shirkni kechirmaydiku, lekin na o‘zimizda na kavkazda hech kim ochiqcha ularni koyimayapti, Jazokallohu hoyron, savolimmi uzunligi uchun rozi bo‘ling vassalamu alaykum va rohmatulloh!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz bunday bo‘layotganini, ularni hech kim koyimayotganini qaerdan bildingiz? Qo‘ldan kelganicha tushuntirishga harakat qilayotgan odamlar bor. Agar “vasiyla” haqida so‘z yuritayotgan bo‘lsangiz, bu hamma tarafdan bayon qilib bo‘lingan masala.
2 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom