Shu niyatda ishlash joizmi!?

Assalomu alaykum! 4 yildan buyon bankda ishlayman. O‘qishni bitiriboq bu kasbni egallaganman lekin kiraetganimda bank kreditlari ribo ustiga yaratilganini va undan olinadigan daromad xam joiz emasligini bilmagan etibor bermagan ekanman. Xozirda Allohga shukurki kulimdan kelganicha 5 maxal namozni ado etib kelmokdaman. Bankda ishlasamda Ishim kredit bulimida emas. Ammo banking asosiy daromadi foizli daromaddan tashkil topgan. Lekin yurtimizda kuplab insonlar tashkilotlarning ishi bevosita bank bilan boglik. Bu soxadan oilasini bokadigan muminlar kanchalab topiladi. Lekin manda bir niyat bor shu bank tizimini islomiy shariy talablarga javob beradigan kilib uzgartirishga uz xissamni kushiokchiman. Buning uchun avvalo ilmiy darajamni oshirishga magistraturaga ukishga kirdim, va yanada ilmiy darajamni oshirib ilmiy ish kilib amalietga tadbik etish kerak bulsa islom banklariga borib urganish. Shu niyatda bankda ishlashim joizmi !? Bu yulda banking barcha bulimlarida ishlashga tugri keladi chunki tizimni puxta urganish amalietini uzlashtirish talab etiladi. Albatta oylik olishga xam extiej tabiiy zarur. Tanlagan yulim tugrimi!? Maksadim nafakat uzim balki yurtimizdagi millionlab insonlarni riboga aralashuvidan kutkarish inshaollox.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribaviy amaliyotlarga aralashmaasdan joiz. O‘ylagan solih niyatlaringizni amalga oshirishda mahkam bo‘ling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 199 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar