Burunga dori sepish joizmi?
Assalomu alaykum! Meni xar yilli baxor faslida alergiya juda kiynaydi, shu sababli unga qarshi dorilar ichib va buringa sepib yuraman. Bu yili ramazon oyiga to‘g‘ri kepkoldi, ro‘za og‘iz bilan buringa dori sepish to‘g‘rimi? Agar buringa sepilgan dori dimoqqa o‘tib ketsachi? Iltimos javobini kutaman rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani tomoqdan ichkariga o‘tgan narsa buzadi. Shuning uchun tahorat va g‘uslda burniga suv olgan kishi burnini achishtirmay yuvishga buyurilinadi. Burniga dori tomizgan kishining ro‘zasi ochiladi. Chunki u halqumi orqali ichkariga o‘tadi. Sprey sepilganda ham uning mazasi tomog‘idan o‘tsa ro‘zasi ochiladi.(Odatda shunday bo‘ladi ham). Sovunga o‘xshash mavjud dorini burningiz teshigini atrofiga surtib dimog‘ingizni ochishingiz joiz. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar