Zikrullox ismi xakida
Assalomu alaykum! Ustozlar Zikrulloh ismi xaqida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zikr juda ko‘p ma’noni anglatadi. Shon shuhratni ham zikr deydi, namozni ham, duoni ham, Qur’onni ham zikr deyiladi. Sharafni ham ilmni ham eslatmani ham zikr deyiladi. Bularning ichidan Zikrullohga Allohni eslatib turuvchi degan ma’no ko‘proq to‘g‘ri keladi. Salaflarimizdan bu ism bilan ismlanganlarini ko‘p ham eshitmaganmiz. Zikr – zikr qilish masdari bo‘lib, arab tilida zokir zikr qiluvchi degan ma’nosi ham olinadi. Oyat va hadislarda zikrulloh birikmasi juda ko‘p ishlatilgan, barchasida Allohni zikr qilish ma’nosi e’tiborga olingan. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 213 | Turli savollar