Oilamni qanday saqlab qolishim mumkin
Assalomu alaykum! Yoshim 27da, turmushimizga 6 yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im ya’ni erim turmushimizdan oldin yoshi o‘zidan katta ayol bilan yurgan ekan, buni albatta bilmasdim, turmushimiz davomida ham bu davom etib kelyapti. Ota-onasiga ham menga ham umuman olganda oilaga e’tiborsiz, balki farzandli bo‘lsak o‘zgarar deya kutdim. Lekin farzand ham bo‘lmayapti, ichkilikni ham tashlashni istamaydi. U ayol bizni nikohimiz bor deydi, erim unday emas deydi. Bu yillar davomida erim tomonidan juda ko‘p kamsitilaman, sovuq munosabati, ba’zan oshkora ba’zan yashirin davomiy xiyonatlardan charchagan kezlarim gaplashib olishga urinsam “bor ketsang ketaver” deganida ketkan paytlarim ham bo‘lgan. Yana o‘zi qaytarib kelib afsuski yana hech qanday yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘lmasligi yana bir safar vada berib hammasini tashlashini aytganida men Qur’onni olib “agar yana davom etsangiz uch taloq bo‘lay sizga” deganimda Qur’onni ushlab vada bergan, lekin vadasini bajarmadi. Aslida bu shartni qo‘ymasligim kerak edi lekin shunday qilganman. Bu ishlardan keyin uyga ketib 5 oy yurdim, lekin yana ajrashmadik qaytarib keldi. Savolim bir necha marta uyga ketayotgan vaqtlarimda “ketsang ketaver” deyishi yuqoridagi Qur’onni ushlab bergan vadasini bajarmasligi hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushib bo‘lgan. Birga yashashlaringizga shar’an yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 197 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga uch taloq tushib bo‘lgan. Birga yashashlaringizga shar’an yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 197 | Oila va turmush