Ustozimning gaplari

Assalomu alaykum! Ustozlar, men yaqinda bir domlaga shogird tushdim. Domladan Qur’on tajvidini o‘rgandim alhamdulillah. Ustozim judda ham ilmli aqoid, xadislarni tajvidni yaxshi biladi, lekin ko‘p xolarda o‘zlari ularga amal qilmaydi. Bir kun xonalariga kirsam yonlarida bir kishi bor, domlamni oldida bir erkak va ayolni rasmi, rasmni ustida isiriq. Menimcha issiq sovuq qilayotgandi. Menga xam shunga o‘xshagan amalni qilishimni taklif qildi. Men Allohdan qo‘rqaman bu gunohku desam u kishi yaxshilik uchun bo‘lsa ya’ni bir oilani saqlashlikku dedilar. Bir voqiya emas ko‘p holarda o‘zlari aytgan narsaga amal qilmaydilar. Shu shu bu kishidan ko‘nglim qoldi. U kishini yonlariga bormay qo‘ydim. Bu ishim bilan ustozning xaqini ado qilolmadimmi deb qo‘rqaman. Nima qilay ustozar maslahat beringlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aybsiz do‘st qidirsang do‘stsiz qolasan, ilmiga amal qiladigan ustoz qidirsangi ilmsiz qolasan. Shariatga xilof bo‘ladigan ishlarda u kishidan uzoqlashing. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 21:32 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar