Namoz va taxoratda vasvasa

Assalomu alaykum! Quydagi to‘g‘ri malumotmi? Umar roziyallohu anhu aytdilar: «Shaytonning zurriyoti to‘qqiztadir: 1. Zalitun. 2. Vasiyn. 3. Laqus. 4. A’von. 5. Haffof. 6. Murra. 7. Musavvit. 8. Dosim. 9. Valhon. 1. Zalitun - bozordagi sohib bo‘lib, ko‘rgan narsangga o‘rnashadi. 2. Vasiyn - musibatdagi sohib. 3. A’von - sultonlikdagi sohib. 4. Haffof - ichkiliqdagi sohib. 5. Murra - surnay chalgandagi sohib. 6. Laqus - o‘t-olovdagi sohib. 7. Musavvit - xabarlar sohibi. Insonlar u tarqatgan xabarni og‘izdan-og‘izga olib yurishadi-da, u xabarning aslini topa olmaydilar. 8. Dosim - uylar sohibi. Kishi qachon manziliga kirsa, salom ham berdirmaydi, Allohning ismini ham zikr ettirmaydi. Va oiladagilarning oralariga nizo solib, taloq, xulu’, urishish kabi ishlarni keltirib chiqaradi. 9. Valhon - u tahorat, namoz va ibodatlarda vasvasa qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bularni ba’zilari hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ham kelgan. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar