Hijriy oylar ma’nolari

Assalomu alaykum! Iltimos, hijriy oylar nomlarining ma’nolari(tarjimalari) va nima uchun ular aynan shunday nomlanishi tarixi haqida ma’lumot bersangizlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! HIJRIY QAMARIY OYLARNING NOMLANISh TARIXI Biz ishlatayotgan hijriy oylarning nomlanish tarixi melodiy beshinchi asrga to‘g‘rirog‘i payg‘ambarimizning beshinchi bobolari Kilobning davriga borib taqaladi. Chunki Kilobning davriga qadar arablar qamariy nomlarn boshqa nomlar bilan nomlab yurishgan. Kilob davriga kelib arabalar Qamariy nomlarni o‘zgartirib chiqqan. O‘sha nomlar hozirgi kunga qadar ishlatib kelinmoqda. Oylarning nomlanishiga kelsak, ularinng har birining nomlanish sabablari bor. Ulamolar oylarning nomlanish sabablarini turlicha bayon qilishgan. Quyida o‘sha fikrlarning eng to‘g‘rirog‘ini keltirishga harakat qilamiz. Bu borada kim yanada kengroq ilmga ega bo‘lishni istasa Imom Saxoviy «Al-mashhur fi asmai ayyami vash shuhur» nomli kitoblarini mutolaa qilishi mumkin: Muharram — ma’nosi harom qilingan. Qamariy yilning birinchi oyini bunday atashlariga sabab; arablarda ilgari islom kelmasidan oldin ham bu oy urush harom qilingan oy hisoblangan, ushbu ma’noni takidlash uchun aynan shu nom bilan atashgan. Sofar — bo‘sh, xoliy degan ma’noni anglatadi. Ikkinchi oyga bunday nom berilishining sababi, arablar bu oyda tijorat va boshqa maqsadlarda safarga chiqib uylari bo‘shab qolgan. Shuning uchun bu oyni shu nom bilan atashgan. Robiul avval - Robiul axir uchinchi va to‘rtinchi oyning ma’nosi bahor ko‘kalamlik, degani. Arablar ushbu oyda ko‘kalamzorlikdan bahramand bo‘lgani uchun shu nomni 3-4 oyga berishgan. Jumodul avval. Jumodul axir — jumod degani muzlash, qotib qolish degani. 5-6 oyning bunday nomlanishiga sabab, aynan ushbu ikki oyda suvlar muzlagan. Rajab - ulug‘lash degani. Arablar ushbu oyni ulug‘ sanashgani uchun shu nomni berishgan. Sha’bon — bo‘linish degani. Arablar ushbu oyda bo‘linib suv izlashgan. Bir qiylda boshqa oylarga nisbattan ushbu oyda ko‘p bo‘linishgani uchun shu nomni olgan. Ramazon - issiq degani. Aynan ushbu oy boshqa oylarga nisbatan juda issiq bo‘lgani uchun shu nomni olgan. Shavvol — tugab, to‘xtab qolish degani. Ushbu oyda tuyalar homilador bo‘lib suti to‘xtab qolgan. Shuning uchun ushbu nomni olgan. Zul qa’da — o‘tirib qolish degan ma’noni anglatadi. Ushbu oyda urush harom qilingan oy bo‘lgani uchun barcha harakatlardan to‘xtab, uyda o‘tirishgan. Shuning uchun shu nom bilan atalgan. Zul hijja — hajli degani. Islomdan oldin arablar aynan mana shu oyda haj ziyoratiga safarga chiqqanlari uchun shu nom bilan atalgan. Eslatma: Bu oylarning nomlanishidan kelib chiqib, demak o‘sha oyda oyning ma’nosini ifodalovchi hodisa bo‘lishi kerak. Misol uchun Jumodul uloda suvlar muzlab, havo sovuq bo‘lishi kerak degan xayolga bormang. Bu hodislar Kilob davrida oylarni nomlayotganda sodir bo‘lgani uchun arablar shu nomlarni berishgan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 265 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar