ko’chadagi xolat

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh uchun taqvo qilishga xarakat qilyapman. Men ishim bilan ko‘chada yuraman, ming xarakat qilsam ham yosh qizlar o‘rta va katta ayollar xam, ochiq aytsam echinib yurishibdi. Avratlari go‘yoki xech narsamasdek, bir katta ilmi juda kuchli domla “Shunday Alloh va rasuli qaytargan narsalarga ko‘zingiz tushsa Allohning la’nati bo‘lsin demasak gunohkor bo‘lamiz” deb aytdilar. Shunday deyishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday demaslik kerak. Ko‘proq istig‘for aytishimiz kerak. La’nat ham istig‘for ham bir og‘izdan chiqadi. La’nat tegsa harob qiladi, istig‘for aytib tavfiq so‘rab qolsak to‘g‘rilanishiga umid bo‘ladi. Hatto shaytonni so‘kib vaqt sarflamay uni yomonligidan panoh so‘rash kerak. عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: " لا تسبوا الشيطان , وتعوذوا بالله من شره " . رواه أبو طاهر المخلص Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Shaytonni so‘kib yurmanglar. Allohdan uning yomonligidan panoh berishini so‘ranglar” deganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:12 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar