Kup lukma berish
Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Chet-el masjidlaridagi xolat yuzasidan sizning yana maslaxatingiz kerak bulib koldi.Bu erda ilmi kuchli imomlar bor.Ammo ular asosan Juma namozida imomatga utishadi.Boshka vaktdagi namozlarda,xatto ba’zida Juma namozida xam imomatga utaetganlar ular kabi ilmi kuchli emas,namozlardagi kiroatlarda xato kilyaptilar.Men ularga iktido kilgan xolimda tez-tez lukma berishimga tugri kelyapti.Masalan bamdod namozini birinchi rakaatida imom Bakara surasini boshidan kiroat kilishni boshladi.Azaabun-aziim ni urniga azaabun-aliim deb xato kildi,men uni tugriladim.Keyin fii kulubixim deyishni urniga fii kulubuxum deb kiroat kildi,men uni yana tugriladim,ya’ni birinchi rakatni uzida 2 marta unga lukma berdim.Ayniksa fii kulubixim degan joyida men unga 2 marta fii kulubixim deb takror kilib tugriladim,ya’ni shu joyda xatosini anglashi kiyin buldi.Xozir xam Juma namozidan kelyapman,imom yana yanglishdi,yana bugun xam lukma berdim.Men bizni xanafiy fatvolar ezilgan kitoblarda ukigan edimki,masalan ma’nosi bir xil suzlarni xato kilib kiroatkilsa xam namozi buzilmaydi deb.Masalan aliyyul-aziimni urniga,aliyyul-majiid deb kiroat kilsa xam namoz buzulmas ekan,chunki bunda aziimni urniga majiidni aytgani bilan ma’no buzulmaydi.Sizdan suramokchi bulganim,ularga bunchalik kup lukma beraveraymi eki ba’zi ma’noni buzmaydigan joylarda lukma bermasam xam buladimi?Javoblar uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Luqma beravering.
2 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Luqma beravering.
2 May 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 156 | Namoz