Akaning olgan bog‘ida ukaning haqqi bormi?
Assalomu alaykum! Bog‘ni aka sotib olgan. Uka unga teng sheriklikda qaragan. Bog‘dan tushgan mablag‘ ham teng bo‘lingan. Ukani bog‘da haqqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda mulk uni sotib olgan kishining haqqi bo‘ladi. Bu erda aka sotib olgan bo‘lsa, uning haqqi bo‘ladi. Uka bog‘ga qanday qaraganiga bog‘liq. Mehnat qilgan bo‘lsa, mehnatga tushgan mablag‘ning yarmini olishi bilan haq olgan. Bog‘da haqqi bo‘lmaydi. Agar pul tikkan bo‘lsa, o‘sha pulni xarajat deb hisob qilib chiqarib qaytarib berish kerak bo‘ladi yoki o‘sha miqdordagi bog‘ning qismiga sherik bo‘ladi. Shuning uchun ish boshlashdan oldin kelishib olish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat