Tajviddagi xukmlar
muxtaram Xasanxon kori.Tajvid ilmida xam ba‘zi narsalar vojib,ba’zilari esa mustaxabga bulinadimi?Masalan جَاء dagi mad muttasilni 4 alif mikdoricha chuzish vojib.Gunnalik idgomchi? Vojibmi eki mustaxabmi?Eki tajviddagi xamma narsa xam vojibmi?Iltimos shu savol buyicha javob bersangiz.Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Tajvid ilmida bayon qilingan siz aytgan va shunga o‘xshash hukmlarga amal qilish vojib, ularga rioya qilish lozim. Ammo ushbu qoidalarni nihoyatda me’yoriga etkazib ado qilish ommaga vojib emas. Ibn Xuzayma o‘z sahihida Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh Qur’onni xuddi nozil bo‘lgandagidek tarovatda o‘qilishini xush ko‘radi», deganlar. Imom Abu Dovud va Ahmadlar rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’nni ohanglamagan kishi bizdan emas», deganlar.Ulamolarimiz ushbu va boshqa dalillardan kelib chiqib, Qur’oni karimni imkon boricha tartil bilan, ya’ni tajvid qoidalariga muvofiq o‘qish har bir musulmon uchun vojibdir, deganlar. Ammo ayni vaqtda ushbu vojiblikni izohlash ma’nosida mazkur amri ilohiyga nisbatan kishilar ikki guruhga bo‘linishini ham ta’kidlaganlar.Birinchi guruh: omma musulmonlar. Ular Qur’oni karimni bexato, ma’nosiga xalal etmaydigan va qiroat durust bo‘ladigan darajada tilovat qila olishlari hamda bu borada ushbu malakaga etarli darajada ilm hosil qilishlari vojibdir. Qur’onning ma’nosiga xalal etkazadigan xatolarga bir harfning o‘rniga boshqa harfni o‘qish yoki o‘zaro o‘xshash bo‘lgan nutq tovushlarini bir xil aytish kabi xatolarni misol qilib keltirish mumkin. Masalan: «bismillahir rohmanir rohim»ni «bismillahur rohmanur rohim» deb o‘qish yoki «sirotollaziyna..» jumlasini «sirotallazina» deb o‘qish, ana shundoq xatolardan hisoblanadi. Shuningdek, Qur’oni karimni uning arabiy nazmidan, hay’atidan chiqarib yuboradigan holatda o‘qish ham mumkin emas. Shu bilan birga, har bir musulmon shaxs Qur’onni imkoni boricha yaxshiroq, go‘zalroq o‘qishga intilishi, harakat qilishi o‘zi uchun yaxshi bo‘lishini, ulug‘ ajrlarga sabab bo‘lishini, bu holat uning O‘z Parvardigorining kitobiga bo‘lgan muhabbati va e’tiborining nishonasi o‘laroq e’tirof etilishini tushunib etishi lozim. Ikkinchi guruh bu – qorilar, mutahassilar, Qur’ondan ta’lim beruvchi kishilardir. Ularga Qur’onni har qanday kattayu kichik, oshkorayu maxfiy xatolardan xoli holda, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qiroatlariga monand darajada o‘zlashtirish va uni boshqalarga etkazishda ayni shu tarzda o‘rgatish vojib bo‘ladi. Ular ushbu malakaga etarli darajada qiroat va tajvid ilmlaridan xabardor bo‘lishlari ham lozim. Chunki ular Qur’oni karimning lafzini avloddan avlodga naql qilish mas’uliyati va majburiyatidagi kishilar hisoblanadilar. Ammo Qur’onni ichda tilovat qilganlarida yoki maxfiy namozlarda o‘qiganlarida qiroatning kamoliga, chiroyli bo‘lishiga xizmat qiluvchi ayrim tajvid qoidalariga amal qila olmasalar ayblanmaydilar. Vallohu a’lam.
2 May 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 138 | Qur’oni karim